17:57 / 01.07.2020
2 611

«iPhone 12» bilan chiqmasidan avval tanishamiz (video)

«iPhone 12» bilan chiqmasidan avval tanishamiz (video)
Internetda «iPhone 12» smartfonlariga bag‘ishlangan rolik paydo bo‘ldi. Uni yutub-bloger iupdate joylashtirdi.

Rolikdan ko‘rinib turibdiki, bo‘lg‘usi to‘rt «ayfon» «iPhone 4» va «iPad Pro»ga o‘xshab ketadi. «iPhone 12»ning eng kichik modeliga 5,4 dyuymlik displey o‘rnatiladi, Pro versiyasi esa ikki variantda 6,1-dyuymlik ekran bilan chiqariladi. Displeyning kattasi «iPhone 12 Pro Max» flagmanida — 6,7-dyuym.

Rolikda aytilishicha, barcha yangi qurilmalar OLED-ekranli bo‘ladi va 5G-tarmoqni qo‘llaydi.
Blogerning ta’kidlashicha, 5,4-dyuymli «iPhone» romsiz bo‘lgani uchun, ekrani o‘zinikidan ham kichik «iPhone SE 2» smartfonidan ko‘ra ixchamroq bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » «iPhone 12» bilan chiqmasidan avval tanishamiz (video)