06:00 / 04.07.2020
3 131

3D bosma yordamida o‘simlikdan go‘sht «yaratil»di

3D bosma yordamida o‘simlikdan go‘sht «yaratil»di
Isroilning Redefine Meat​ startap kompaniyasi go‘sht yetkazib beruvchilar uchun 3D bosma yordamida yaratilgan go‘sht mahsulotlarini taqdim qilmoqchi. E’tiborlisi, bunday usulda go‘sht tayyorlashda jonvorlarga zarar yetmaydi.

Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, yaratilgan mahsulot go‘sht emas, balki hayvon mushaklarining tuzilishini taqlid qiluvchi shakldir. Xom ashyo vazifasini esa o‘simliklar o‘taydi. Bu haqda UzReport manbasi xabar berdi.

Dunyodagi eng yirik moliyaviy konglomeratlardan biri Barclays ma’lumotlariga ko‘ra, 2029 yilga borib bunday mahsulotlarning global savdo hajmi 140 milliard dollarga yetishi mumkin, bu butun dunyoda go‘sht bozorining 10 foizini tashkil etadi.

Redefine​ go‘sht mashinasi soatiga 13 kilogramm mahsulotni «chop etishi» mumkin. Yana bir e’tiborli tomoni shundaki, ushbu mahsulotlarni haqiqiy go‘shtdan ko‘ra ancha arzon narxlarda sotib olish mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » 3D bosma yordamida o‘simlikdan go‘sht «yaratil»di