Foto: Anadolu
Turkiyalik harbiylar yangi qanotli raketa Atmaca’ning uzoq masofaga otish bo‘yicha sinovini o‘tkazishdi. Raketa 200 kmdan uzoqroqdagi nishonni aniq mo‘ljalga olgan.
Turkiya prezidenti ma’muriyatidagi mudofaa sanoati boshqarmasi rahbari Ismoil Demirning Twitter’da ma’lum qilishicha, Turkiyada ishlab chiqilgan birinchi kemalarga qarshi raketaning sinovi vaqtida qo‘yilgan barcha vazifalar muvaffaqiyatli bajarilgan. Uning ta’kidlashicha, yaqin orada raketa Turkiya armiyasi qurollanishiga topshiriladi va AQSHning Harpoon raketalari o‘rnini egallaydi.
Raketani yaratish ustidagi ishlar 2009 yildan boshlab Roketsan kompaniyasi tomonidan olib borilgan. Kompaniyada ta’kidlanishicha, yuqori aniqlikdagi raketa patrul katerlari, fregatlar va korvetlarga o‘rnatilishi mumkin. U parvoz vaqtining o‘zida nishonni o‘zgartira oladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi