22:20 / 15.07.2020
2 267

AQSH kompaniyasi cho‘l havosidan ichimlik suvi olishni rejalashtirmoqda

AQSH kompaniyasi cho‘l havosidan ichimlik suvi olishni rejalashtirmoqda
Foto: imaggeo
AQSHning Arizona shtatida joylashgan Zero Mass Water kompaniyasi antiqa yo‘l bilan ichimlik suvi olmoqchi. U buning uchun cho‘l havosidan foydalanishni rejalashtirilgan.

Bloomberg axborot agentligining yozishicha, kompaniya bunday yo‘l bilan yiliga 2,3 mln litr suv olmoqchi.
Shu maqsadda quyosh energiyasida ishlovchi zavodni Dubaydan 20 km uzoqlikda joylashtirish rejalashtirilgan. Zavod har biri 2,5 ming dollar turuvchi 1250 ta gidropanel bilan jihozlanadi.

Gidropanellar cho‘l havosidagi bug‘ni yutib, quyosh energiyasi yordamida undan suv oladi. Dubay iqlimi esa bu maqsadlar uchun ideal hisoblanadi.
Kompaniyada ushbu texnologiya suvni chuchuklashtirishdan ko‘ra qimmatroq ekani tan olingan. Cho‘l havosidan olingan suv narxi bir litri uchun taxminan 2,72 dollarni tashkil qiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » AQSH kompaniyasi cho‘l havosidan ichimlik suvi olishni rejalashtirmoqda