
Foto: EPA
Kolumbiya okrugidagi Jorj Vashington Universiteti olimlari yaratgan kichik uskuna bemorda koronavirus borligini deyarli bir zumda aniqlaydi, deb yozdi MedicalXpress portali.
Oltin bilan qoplangan nozik simlar gazsimon moddalarga reaksiya bildiradi va ular tarqatayotgan nurlarning rangini o‘zgartiradi. Asbobni ishlatish uchun detektorning yuzasiga reagent suriladi. Unga koronavirus zarralari tushganida, rangi o‘zgaradi. Bu jarayonni telefonning kamerasi orqali ko‘rish mumkin bo‘ladi.
Olimlar fikriga ko‘ra, bu ixtironining kelajagi istiqbolli. Uni yordamida bemorlarning ma’lumotlar bazasini yaratib, bulutli servislarda saqlash mumkin bo‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar