Foto: Shutterstock
Telegram iOS uchun mo‘ljallangan ilovani yangiladi, unda test rejimida videoqo‘ng‘iroqlar xizmati paydo bo‘ldi.
Funksiyadan foydalanish uchun ilovaning so‘nggi versiyasini ko‘chirib olish yoki yangilash shart. So‘ngra «sozlash» belgisini 10 marta bosish, ochilgan darchada Experimental Feature (Eksperimental funksiyalar) xizmatini yoqish zarur. Shundan so‘ng, videoqo‘ng‘iroqlar servisi ishga tushiriladi. Undan foydalanish uchun suhbatdoshda ham yangi funksiya yoqilgan bo‘lishi kerak.
Videoqo‘ng‘iroqlardan tashqari, Telegram boshqa yangiliklarni ham taqdim qildi. Masalan, endi avatarga oddiy rasm o‘rniga videoavatar qo‘yish mumkin. Shuningdek, «Atrofdagi odamlar» bo‘limi ham yaxshilandi. U orqali suhbatdoshning qanday masofada ekanini bilish mumkin. Bundan tashqari, 500 ishtirokchidan ortiq bo‘lgan guruhlarga kengaytirilgan statistikadan foydalanish imkoni berildi. Messenjer orqali jo‘natish mumkin bo‘lgan fayllar hajmi 1,5 Gb dan 2 Gb ga yetkazildi. Qayd qilish joizki, bu xizmatlardan nafaqat iOS, balki Android tizimida ham foydalanish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi