Foto: GSM Arena
Samsung kompaniyasi hamyonbop lineykasidagi ulkan akkumulator sig‘imiga ega Galaxy M31 s modelini taqdim etdi, deb xabar beradi GSM Arena.
Yangi modelga Full HD+ sifatga ega 6,5 dyuymli AMOLED-displey o‘rnatilgan. Ekranning avtomatik rejimdagi maksimal yorqinligi 430 kd/kvadrat metga yetadi, frontal kamera uchun kichkina «qirqim» ajratilgani sabab displey gadjetning 91 foiz yuzasini egallagan. Barmoq izi skaneri yon tomondagi qurilmani o‘chirib-yoqish tugmasiga joylashtirilgan.
Qurilma ichidan Exynos 9611 protsessori, 6 yoki 8 gigabayt tezkor hamda 128 gigabayt ichki xotira o‘rin oladi. Smartfon Android 10 operatsion tizimida ishlaydi. Akkumulator sig‘imi 6000 mA/soatga teng bo‘lib, 25 vattli tezkor quvvatlanish funksiyasiga ega. Ishlab chiqaruvchining ma’lum qilishicha, gadjetni to‘liq quvvatlantirish uchun 97 daqiqa ketadi.
Foto: GSM Arena
Galaxy M31 s’ning frontal kamerasi 32 megapikselga teng. Asosiy blokdan esa Sony’ning 64 megapikseli moduli, tasvirni 123 daraja kenglikda suratga oluvchi (12 Mp), kadr chuqurligiga mo‘ljallangan (5 Mp) hamda makromodulli (5 Mp) kameralar o‘rin olgan. Kameralarning o‘ziga xos funksiyasi — video tasvirga olayotganda old va orqa kameralarni birdek ishlatish mumkinligida, shuningdek, ular yordamida tungi suratga olish ishlarini ham amalga oshirsa bo‘ladi.
Foto: GSM Arena
Yangi qurilma birinchi bo‘lib Hindistonda sotuvga chiqadi. Rasmiy narxlar:
6/128 Gb — 260 dollar;
8/128 Gb — 290 dollar. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi