3 503
Shuhrat G‘aniyev: Kislorod konsentratorini ishlab chiqarish tashkil etildi. Yaqinda elektromobil kuting!
Farg‘ona viloyati sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi jihatidan mamlakatda ikkinchi o‘rinda turadi. Bunda Qo‘qon erkin iqtisodiy zonasining ulushi ham salmoqli. Bu yerda bugunga qadar umumiy qiymati 228.7 mln. AQSH dollari miqdoridagi 84 ta investitsion loyihalar joylashtirildi.
Amalga oshirilgan 43 ta loyihalar natijasida Qo‘qon EIZ ishtirokchilari tomonidan 2020 yilning yanvar-iyul oylarida 830,7 mlrd. co‘mlik yoki 80,6 mln.AQSH dollari (iyul oyida 202,9 mlrd. so‘m yoki 19,7 mln. AQSH dollari) miqdorida mahsulotlar ishlab chiqarilib, 15,9 mln. AQSH dollarlik (iyul oyida 3,0 mln. AQSH dollari) mahsulotlar eksportga yo‘naltirildi.
Yuqoridagi loyihalarni amalga oshirilishi natijasida 2552 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
«Ulug‘bek eksport trend» MCHJ ularning biri bo‘lib, bu yerda yiliga 30 milliard so‘mlik yoki 2,9 mln. dollarlik poyabzal va mix, burama mix ishlab chiqarish quvvatlari o‘zlashtirildi.
— Bugungacha 235 ta ishchi o‘rni yaratdik, — deydi korxona rahbari Ulug‘bek Temirov.
Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev korxonaning yangi quvvatlari ochilish tantanalarida ishtirok etdi. Bu haqda viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
— Biz erkin iqtisodiy zonada ish yuritayotgan har bir tadbirkorga ko‘makchimiz, — dedi viloyat hokimi. — Barcha masala va muammolar yechimiga shaxsan o‘zim mas’ulman deb hisoblayman. Yil oxirigacha bu yerda 162,6 mln. AQSH dollari miqdoridagi 41 ta ishga tushadi va 4520 ta yangi ish o‘rni yaratamiz.
Qo‘qon EIZ da qirqdan ziyod korxona ishlab turgan bo‘lsa-da hali qurilish-montaj ishlari avjida. Har bir hududda ulkan inshootlar qurilyapti, ko‘chalarga, binolarga kommunikatsiya vositalari — suv, gaz, suv oqava, elektr tarmog‘i tortilyapti, yo‘llar asfaltlanyapti.
Viloyat hokimi «Shaffof omad sanoat» MCHJ bunyod etayotgan elektromobillar zavodi qurilishini ham borib ko‘zdan kechirdi.
— Korxona karer o‘rnida joylashgan. Dastlab yetti metrli xandaqni to‘latdik, — deydi uning rahbari G‘ofurjon Usmonov. — Mana endi 30 ming metr kvadrat maydonda ishlab chiqarish inshootlarini tiklayapmiz.
Viloyat hokimi bu yerda ham quruvchi va mutaxassislar bilan suhbatlashdi, barcha muammolar yechimiga kafolat berdi.
— «O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan» degan yozuvli elektromobillar aynan Farg‘ona viloyatidan ichki va tashqi bozorga yo‘l olishi quvonchli voqelik va albatta katta mas’uliyat. Shu bilan birga biz, farg‘onaliklarga g‘urur va iftixordir, — dedi Shuhrat G‘aniyev. — Biz bu kunga albatta yetamiz! “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi