Foto: Twitter / Onleaks
Internetda ulkan sig‘imli akkumulatorga ega bo‘ladigan yangi Galaxy M51 smartfoniga oid ma’lumotlar paydo bo‘ldi, deb xabar qiladi Hi-Tech.Mail.ru.
Samsung Galaxy M51’ning o‘ziga xos jihati uning 7000 mA/soat akkumulatorida — bu oddiy smartfonlar orasidagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri. Shuningdek, u 25 vattli tezkor quvvatlanish funksiyasiga ega bo‘ladi.
Onleaks niki ostidagi taniqli insayder Galaxy M51’ning dizayni bilan bo‘lishgan — ulkan akkumulatorga qaramay, smartfon u qadar qalin emas. Shu bilan birga, qurilmaga 6,67 dyuymli AMOLED displey o‘rnatilgan.
Foto: Twitter / Onleaks
Smartfon o‘rta darajadagi Snapdragon 730 protsessori bazasi va 8 gigabayt tezkor xotira yordamida ishlaydi.
Mish-mishlarga ko‘ra, Galaxy M51 sentabr oyida sotuvga chiqishi kerak.
Avvalroq Samsung kompaniyasi Galaxy Note20 lineykasi ortidan yangi Galaxy S20 Fan Edition (Galaxy S20 Lite) smartfonini taqdim etishga tayyorgarlik ko‘rayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Avgust boshlarida esa Samsung sig‘imi 6000 mA/soatga teng Galaxy M31 s modelini taqdim etgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi