Foto: TechRadar
Omida kompaniyasi smartfonlar bozorining 2020 yil ikkinchi choragiga oid hisobotini e’lon qildi. Tahlilchilar birinchi yarim yillikda butun dunyo bo‘ylab qaysi devayslar ko‘p sotilganini ma’lum qilgan, deb xabar beradi Pocketnow.
Hozircha iPhone 11 eng ko‘p sotilgan smartfon bo‘lib qolmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, Apple flagmani 37,7 million dona sotilgan. Bundan tashqari, «olma» devayslari eng mashhur smartfonlar o‘ntaligidan beshta o‘rinni egallagan.
Mashhurlik bo‘yicha Apple’ga Xiaomi yaqinlashmoqda. Xitoy texnologik giganti eng ko‘p sotilgan qurilmalar reytingida uchta o‘rinni band etgan.
To‘liq ro‘yxat quyidagicha:
- iPhone 11 — 37,7 million dona;
- Samsung Galaxy A51 — 11,4 million;
- Redmi Note 8 — 11 million;
- Redmi Note 8 Pro — 10,2 million;
- iPhone SЕ (2020) — 8,7 million;
- iPhone XR — 8 million;
- iPhone 11 Pro Max — 7,7 million;
- Redmi 8A — 7,3 million;
- iPhone 11 Pro — 6,7 million.
2019 yilda birinchilikni iPhone XR qo‘ldan boy bermagandi. Shu bilan birga, iPhone 11’ni yetkazib berish bo‘yicha pandemiya sharoitiga qaramay, o‘zidan oldingi modelni 10,8 million donaga ortda qoldirmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi