12:43 / 16.09.2020
2 089

O‘zbekistonga xorijdan yil boshidan beri 360,4 ming dona mobil telefon import qilindi

O‘zbekistonga xorijdan yil boshidan beri 360,4 ming dona mobil telefon import qilindi
Foto: «Yandeks Dzen»
O‘zbekistonga 2020 yilning 1 sentabr holatiga ko‘ra, qiymati 23,3 million AQSH dollariga teng bo‘lgan 360,4 ming dona mobil telefonlari import qilingan, deya xabar bermoqda Davlat statistika qo‘mitasi.

Ma’lum qilinishicha, 2019 yilning mos davriga nisbatan bu yil mobil telefon importiga 19,6 million AQSH dollari ko‘p sarflangan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 18 ta davlatdan mobil telefonlar import qilgan. Import hajmi yuqori bo‘lgan davlatlar orasida Xitoy (14,9), Vetnam (3,7), Hindiston (2,8) va 1,1 million AQSH dollari bilan Birlashgan Arab Amirliklarini ko‘rish mumkin.

Ma’lumot uchun, mamlakatda 2019 yilda 235 ming dona qiymati 31,7 milliard so‘mlik uyali va boshqa simsiz aloqa tarmog‘i uchun telefonlar ishlab chiqarilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbekistonga xorijdan yil boshidan beri 360,4 ming dona mobil telefon import qilindi