2 986
Apple 13 oktabr kuni taqdimot o‘tkazadi. Unda, katta ehtimol bilan, yangi ayfonlar ko‘rsatiladi
Foto: Pixabay
Apple kompaniyasi jurnalistlarga yangi taqdimot marosimiga taklifnoma jo‘natdi. Taqdimot marosimi 13 oktabr kuni bo‘lib o‘tadi. Marosim Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanadi.
Taqdimot marosimida aynan nima ko‘rsatilishiga kompaniya rasman aniqlik kiritmagan. Ko‘pchilik tahlilchilar Apple’ning yangi ayfonlarni ko‘rsatishini taxmin qilmoqda.
лечу в калефорнию (нет) pic.twitter.com/f6DgYjy4a3
— султи no context (@sult) October 6, 2020
The Wall Street Journal tahlilchisi Joanna Stern taklifnoma matni ayfonlarning ish samaradorligi, 5G tezligi va nisbatan tezroq quvvatlash moslamasi taqdim etilishiga ishora qiladi.
Sentabr oyi boshida insayderlar 2020 yilda Apple birinchi marta bir vaqtning o‘zida to‘rtta model — 5,4 va 6,1 diagonalli ikkita iPhone 12 hamda 6,1 va 6,7 dyuymli ikkita iPhone 12 Pro smartfonlarini taqdim etishini ma’lum qilgan edi.
15 sentabr kuni Apple taqdimot o‘tkazib, yangi soatlar, aypadlar hamda kompaniyaning barcha servislariga yangi yagona obunani taqdim etgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi