13:09 / 25.10.2020
2 763

Ulkan qurilish texnikalari yordamida real hayotda Pac-Man o‘yini o‘ynab ko‘rildi (video)

Ulkan qurilish texnikalari yordamida real hayotda Pac-Man o‘yini o‘ynab ko‘rildi (video)
Kadr: YouTube
Caterpillar kompaniyasi yaratilganiga 40 yil to‘lgan Pac-Man virtual o‘yinini real hayotda o‘ynab ko‘rishga qaror qildi. Buning uchun firma mutaxassislar masofadan turib boshqariladigan o‘zlarining mini yuk ortgich mashinalaridan, shuningdek, qo‘shimcha reallik texnologiyasidan foydalangan, deb xabar beradi Motor.

Pac-Man olamini qurish uchun muhandislar buldozerlar yordamida o‘yin xaritalaridan biri bo‘lib xizmat qilgan maxsus labirint bunyod etgan. Mutaxassislar u yerda mini yuk ortgichlarni joylashtirib, ulardan bosh qahramon, shuningdek, uning raqibi sifatida foydalangan. Arkadani vizuallashtirish maqsadida ishtirokchilar «geymerlar»ning o‘yin ichiga to‘liq kirib ketishini ta’minlaydigan qo‘shimcha reallik beruvchi ko‘zoynaklardan foydalangan.

Mazkur o‘yinda kompaniya xodimlari bilan birga, professional texnika xaridorlari ham ishtirok etgan. O‘yin ishtirokchilari ixcham ekskavatorlarni masofadan turib boshqarish pulti yordamida harakatga keltirib, labirint bo‘ylab harakatlangan. Shunday qilib, o‘yinchilar bir vaqtning o‘zida ham real va virtual hayotni uyg‘unlashtirdi. Raund «Pakman»ning g‘alabasi bilan yakunlangan.

Kompaniyadagilarning ta’kidlashicha, ushbu tadbir oddiy o‘yindek ko‘ringan bo‘lsa-da, uning o‘ziga xos ahamiyati bo‘lgan. Yaratilgan labirint yordamida mutaxassislar qurilish maydonchalarida ish qilayotgan ekskavator operatorlarining real vaziyatlarini simulyatsiya qilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Ulkan qurilish texnikalari yordamida real hayotda Pac-Man o‘yini o‘ynab ko‘rildi (video)