07:30 / 30.10.2020
2 272

O‘zbekistonning qancha aholisi internet tarmog‘iga ulangan?

O‘zbekistonning qancha aholisi internet tarmog‘iga ulangan?
Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekistonning qancha aholisi internet tarmog‘iga ulangani haqida ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, 2020 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra internet tarmog‘iga ulangan abonentlar soni 16 million 386 ming 200 tani tashkil etib, 2019 yilning mos davriga nisbatan 23,0 foizga yoki 3,1 milliontaga o‘sgan.

Shundan aholi orasida 15,8 million abonent mavjud bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 22,3 foizga yoki 2,9 milliontaga ko‘p.
Ma’lum qilinishicha, eng ko‘p abonentlar soni Toshkent shahrida (3 550 600) va eng kam abonentlar soni Sirdaryo viloyatida (441 400) qayd etilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbekistonning qancha aholisi internet tarmog‘iga ulangan?