2 597
O‘zbekistonda dorilarning maksimal chakana narxini ko‘rsatuvchi Telegram-bot ishga tushirildi
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi dori vositalarining eng yuqori cheklangan chakana narxlari to‘g‘risida ma’lumot beruvchi Telegram-botni ishga tushirdi.
Agentlik xabariga ko‘ra, Telegram'da @dorinarx_bot manzilida joylashgan robot dorilar narxi ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatishga imkon beradi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda ham mahalliy ishlab chiqaruvchilar, ham import qilingan dori vositalari va tibbiy buyumlarining narxi, yetkazib beruvchi vositachilarning sonidan qat’i nazar, ulgurji savdoda sotib olingan qiymatidan 15 foizdan, chakana savdoda ulgurji narxidan 20 foizdan ortiq bo‘lmasligi kerak.
@dorinarx_bot'da dori vositasini ham xalqaro patentlanmagan nomi, ham savdo nomi bo‘yicha izlash mumkin.
Axborot tizimiga 2 mingdan ortiq savdo nomlari kiritilgan. Robot foydalanuvchi so‘roviga javoban unga quyidagi ma’lumotlarni taqdim etadi: savdo nomi, dozasi, qadoqlangan soni va qadoq turi, ishlab chiqaruvchi nomi, xalqaro patentlanmagan nomi, maksimal chakana narxi.
Ta’kidlanishicha, fuqarolar biror bir dorixonada dori vositalari maksimal chakana narxidan yuqori narxda sotilayotganidan xabardor bo‘lsa, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining 1159 ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilishi mumkin. Murojaatlar agentlikning www.consumer.uz sayti orqali ham qabul qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi