09:30 / 16.11.2020
2 300

Apple Xiaomi smartfonlari bilan raqobatlasha oladigan arzon iPhone SE Plus ishlab chiqaradi

Apple Xiaomi smartfonlari bilan raqobatlasha oladigan arzon iPhone SE Plus ishlab chiqaradi
Foto: IXBT
iPhone 12 Pro Max AQSHda 1000 dollardan oshiqroq narxni tashkil etadi, ammo Apple endilikda unga nisbatan ancha arzon bo‘lgan smartfonlarni taklif qilmoqda. Jumladan, 400 dollarlik iPhone SE 2020 va 500 dollarlik iPhone XR. Bu haqda IXBT xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Apple 2021 yil Xitoy va Hindiston bozorlarida Xiaomi, Oppo va Vivo kabi brendlar bilan yaxshi raqobatlasha oladigan eng ma’qul narxdagi telefonlarni ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Xitoyning optika va kamera modullarini ishlab chiqaruvchi Sunny Optical Technology kompaniyasi AQSH sanksiyalari tufayli Huawei’ga buyurtmalar keskin pasayishini kutmoqda. Shuningdek, 2021 yilda Sunny Optical iPhone uchun kamera modullarini yetkazib beruvchi bo‘lishga ham umid qilmoqda, ammo bu rejalar 2022 yilga kelib amalga oshishi mumkin.

Iloji boricha arzon smartfonlarni ishlab chiqarishni rejalashtirayotgan Apple yetkazib beruvchilar ro‘yxatini kengaytirishga va sarf-xarajatlarni kamaytirishga harakat qiladi. iPhone smartfonlari uchun asosiy kameralar yetkazib beruvchi Tayvanning Largan va Yujingguang kompaniyalari bo‘lib, ular Sunny Optical’ga nisbatan texnologik ustunlikka ega.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple Xiaomi smartfonlari bilan raqobatlasha oladigan arzon iPhone SE Plus ishlab chiqaradi