15:12 / 24.11.2020
2 471

Huawei o‘zining termometrga ega smartfonini patentladi

Huawei o‘zining termometrga ega smartfonini patentladi
Foto: IXBT
Huawei kompaniyasi tana haroratini o‘lchash imkoniyatiga ega smartfonni patentladi. Patent «Haroratni o‘lchash va natijalarni ko‘rsatishda grafik foydalanuvchi interfeysiga ega mobil telefon» nomini olgan, deb xabar beradi IXBT.

Patent izohida yozilishicha, «mobil telefon yoki planshetning kamerasi yordamida inson tanasi yoki ob’ekt skaner qilinganidan so‘ng, tana harorati o‘zgargani to‘g‘risidagi ma’lumotlar qurilma ekranida paydo bo‘ladi».

Iyun oyida Honor brendi Kirin 990 protsessori, 40 vattli tezkor quvvatlanish funksiyasi hamda tana haroratini o‘lchashga mo‘ljallangan maxsus infraqizil-datchikka ega Honor Play4 Pro smartfonini savdoga chiqargan edi.

Harorat Selsiy bo‘yicha -20 darajdan 100 darajagacha diapazonda o‘lchanadi. E’lon qilingan aniqlik 0,1 darajaga teng.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Huawei o‘zining termometrga ega smartfonini patentladi