Foto: TENAA
HDM Global kompaniyasi 5,45 dyuymli ekranga ega yangi Nokia smartfonini taqdim etishga tayyorlanmoqda, deb xabar beradi IXBT.
Smartfonning internetda tarqalgan suratlaridan ko‘rish mumkinki, u hamyonbop sinfga kiradi. Qurilmaning eskirgan dizayni va ekranning frontal kamera joylashgan yuqori qismidagi juda katta bo‘lgan hoshiya bundan dalolat berib turibdi.
Xitoyning TENAA regulyatori Nokia TA-1335 model raqamli smartfonning ishlab chiqarilishini ma’qullagan. Taxminlarga ko‘ra, u Nokia C1 Plus nomi ostida taqdim etiladi. Smartfon surati birinchi rasmiy tasvirga mos keladi.
Foto: TENAA
Qurilmaning og‘irligi 122 gramm bo‘lib, o‘lchami 149,1x71,2x8,75 millimetrni tashkil etadi. Telefon ikki xil — to‘q ko‘k va shampan rangida taqdim etilishi kutilmoqda. Shuningdek, smartfon 720x1440 pikselli 5,45 dyuymga teng ekranga ega bo‘ladi. U 1,4 gigagers takt chastotasiga ega bir kristalli tizim va 2 gigabayt ichki xotiraga ega. Operatsion tizim sifatida Android 10 o‘rnatilgan, biroq gap Android 10 Go Edition haqida ketayotgan bo‘lishi ham mumkin.
Nokia TA-1335 3 megapikselli frontal va 5 megapikselli asosiy kameraga ega bo‘ladi. Akkumulator sig‘imi esa 2500 mA/soatga teng. Smartfonning rasmiy anonsi 15 dekabrga mo‘ljallangan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”