
App Annie kompaniyasi tahlilchilari 2020 yilning eng mashhur mobil dasturlari reytingini e’lon qildi, deb xabar beradi TechCrunch.
Ro‘yxat bir nechta yo‘nalishga bo‘lingan: yuklab olinishi, foydalanuvchilar tomonidan sarflangan mablag‘lar, shuningdek, auditoriyaning faolligi bo‘yicha.
2020 yilda iOS va Android qurilmalari uchun eng ko‘p yuklab olingan mobil dastur — TikTok. App Annie’ning prognoziga ko‘ra, 2021 yilda servisning faol foydalanuvchilari soni milliarddan oshadi.
Shuningdek, eng ko‘p yuklab olingan dasturlar qatoridan Facebook, WhatsApp, Zoom va Instagram ham o‘rin olgan.

Skrinshot: App Annie
Foydalanuvchilar o‘z pullarini asosan Tinder tanishuv dasturiga sarflagan bo‘lsa, Facebook auditoriyasi eng faol deb topilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar