Foto: «Online Tech Tips»
YouTube «kliplar» (Clips) funksiyasini sinovdan o‘tkazyapti — unga ko‘ra, odatiy videolar va to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiyalardan istalgan qismini qirqib olib, boshqa foydalanuvchilarga ulashish mumkin.
«Kliplar» taym-kodlardan qulayroq: videoning o‘zingizga kerakli qismini ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqata olasiz, saytga joylaysiz, elektron pochtada jo‘natishingiz yoki unga havola yaratishingiz mumkin. Bitta klipning uzunligi 5–60 soniyani tashkil etadi.
Yangi funksiya hozir alfa-testlash bosqichida, cheklangan foydalanuvchilar uchun ochiq, deyiladi servis vakillari axborotida. «Kliplar»ni ham hozircha YouTube videoxostingining veb-talqinida yaratish mumkin, mobil ilovalarda bu imkoniyat keyinroq paydo bo‘ladi.
Yangi funksiyani quyidagi rolik misolida sinab ko‘rish mumkin. Buning uchun «Klip yaratish» («Sozdat klip») tugmasi bosiladi ((dizlayk belgisi yonida joylashgan), vaqt chegaralari tanlanadi, sarlavha qo‘yiladi (140 belgigacha), so‘ngra «Klipni ulashish» («Podelitsya klipom») tugmasi bosiladi.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video)
Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar
Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda!
Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi
Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi
Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi
Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi
Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video)