Foto: MacRumors
Taniqli insayder Min-Chi Kuo Apple’ning egiluvchan ekranga ega smartfoni yaqin bir—ikki yil ichida paydo bo‘lmasligini ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, kompaniya bu turdagi qurilma anonsini 2023 yilga rejalashtirmoqda, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.
Insayderning so‘zlariga ko‘ra, buklanuvchan iPhone diagonali 7,5—8 dyuymga teng displeyga ega bo‘ladi. Shu sababli o‘lchami jihatidan u iPad Mini plansheti kabi bo‘ladi.
Hozirda Apple egiluvchan displeylarga oid muammoni yechish ustida ish olib bormoqda — aftidan, gap zamonaviy buklanuvchan smartfonlarda kuzatilayotgan buklanish joyidagi burmalar haqida ketmoqda. Galaxy Z Fold 2’da ushbu burmalar birinchi Galaxy Fold’dan ko‘ra ko‘zga tashlanmaydi.
Shuningdek, katta hajmdagi buklanadigan smartfonni chiqarish uchun ommaviy ishlab chiqarishni boshlash kerak. Ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish orqali texnologiya narxi ham arzonlashishi kerak, hozirda Galaxy Z Fold 2 «klassik» flagmanlardan ancha qimmat. Mish-mishlarga ko‘ra, Apple Samsung bilan hamkorlik qilmoqda va undan birinchi prototiplar uchun egiluvchan displeylarni buyurtma qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”