Foto: Gizmochina
Apple virtual reallik garniturasini yaratish ustida ish olib borayotgani anchadan buyon ma’lum. Hi-Tech.Mail.ru ushbu garniturani boshqarish uchun mo‘ljallangan qurilma qanday ko‘rinishda bo‘lishi mumkinligi borasidagi ma’lumot bilan bo‘lishdi.
Apple’ning yangi patentida uzuk ko‘rinishidagi bir juft kontroller namoyish etilgan. Suratdan ko‘rish mumkinki, foydalanuvchi qurilmani bosh va ko‘rsatkich barmog‘iga taqadi. Uning yordamida foydalanuvchining imo-ishoralari hisobga olinadi — ular VR-qurilmani boshqarishda buyruqlar sifatida qabul qilinadi.
Garnituraning o‘zi qachon taqdim etilishi to‘g‘risida aniq ma’lumot yo‘q. Bloomberg’ning yozishicha, yangi qurilma 2022 yilda paydo bo‘lishi mumkin.
Hozirda ushbu garnitura uchun kuchli protsessor tayyorlanmoqda, u M1 bazasida ishlashi taxmin qilinmoqda. Displey hozirda mavjud VR mahsulotlaridan ko‘ra yaxshiroq tiniqlikka ega bo‘ladi. Bu esa uning narxiga ta’sir ko‘rsatadi: qurilma Facebook’ning Oculus, Sony’ning PlayStation VR yoki HTC garniturasidan ko‘ra qimmatroq bo‘ladi (ularning narxi 300 dan 900 dollar oralig‘ida). “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”