10:24 / 18.03.2021
1 969

Apple sensorli smartfonlarning eski muammosiga yechim topdi

Apple sensorli smartfonlarning eski muammosiga yechim topdi
Foto: Pixabay
Zamonaviy qimmat flagmanlar ichiga suv kirishidan himoyalangan, biroq suv ostida zamonaviy sensor ekranlardan foydalanish imkonsiz, chunki u barmoqni aniq seza olmaydi. Ushbu muammo hatto barmoqlar biroz nam bo‘lsa yoki oynaga bir nechta tomchi tushsa ham yuzaga keladi. Apple mazkur muammoni yechish usulini o‘ylab topdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Apple’ning yangi patentida urinish nuqtasini tanishning yangi texnologiyasiga izoh berilgan — agarda sig‘imli standart ekranlar tok o‘tkazuvchi ob’ektlar ta’sirida ishlasa, yangi displey bosish kuchini aniqlaydi. Faqat bu ekranni kuchli bosish talab etiladigan 3D Touch texnologiyasidagidek ishlamaydi, ushbu displey yuzaga tekkan barmoqning yengil bosimini ham aniqlaydi. Shu orqali smartfon suv ostida yoki nam qo‘llari bilan teginilganda ham ishlay oladi.

Shuningdek, patentda ekran rostdan ham barmoq ekanligini yoki sensor qatlamda suv sabab nosozlik yuzaga kelganini aniqlashga mo‘ljallangan kalibrlovchi maxsus algoritmlarga ham izoh berilgan. Vaqt o‘tishi bilan smartfon har qanday sharoitda ham teginishlarni aniqroq sezishga o‘rganib oladi.

Hozircha smartfonlar suv ostiga tushgani yoki nam barmoqlarni avtomatik aniqlaydimi yoki uni faollashtirish uchun biror maxsus rejimni ishga tushirish kerakmi — noma’lum. Aftidan, kompaniyaga ushbu g‘oyani yangi iPhone’larda amalga oshirish uchun bir necha yil kerak bo‘ladi.

Apple barmoqlarga taqiladigan o‘zining yangi qurilmasini namoyish etgani, kompaniya 2030 yillarga borib atrof-muhit bilan qo‘shimcha reallikda aloqa o‘rnatishga qodir «aqlli» linzalarni yaratishi mumkinligi to‘g‘risida xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple sensorli smartfonlarning eski muammosiga yechim topdi