Foto: «Uzcard.uz»
UZCARD va HUMO o‘zlarining infratuzilmalarini integratsiyalash haqidagi memorandumni imzoladilar. Shu munosabat bilan to‘lov tizimlari terminallari ikkala turdagi kartalarni ham qabul qila boshlaydi.
UZCARD va HUMO to‘lov tizimlari hamkorlik to‘g‘risida Memorandumga imzo chekdilar. Hujjat O‘zbekistonda naqd pulsiz hisob-kitoblarni takomillashtirishga hissa qo‘shadigan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutadi. Imzolangan memorandum doirasidagi ilk loyihaga ko‘ra, kompaniyalar infratuzilmalarining bosqichma-bosqich integratsiyalashuvi bo‘ladi.
«Infratuzilmalarning integratsiyasi karta egalari, banklar va biznes egalariga sezilarli foyda keltiradi. Xaridorlarning savdo nuqtalariga kelgach qaysi terminallardan foydalanish mumkinligi haqidagi o‘ylari yo‘qoladi, tadbirkorlar esa ikkala kartadan to‘lovlarni bitta terminal orqali qabul qilishlari mumkin bo‘ladi. Shuni ta’kidlashni istardimki, UZCARD va HUMO O‘zbekistonning to‘lov xizmatlari bozorida raqobat muhitini yaratishda davom etadi», — dedi MBPM direktori Shuhratbek Qurbonov.
To‘lov tizimlarining yaqin hamkorligi bozor talablariga tezroq javob berishga va innovatsion yechimlarni yanada samarali amalga oshirishga imkon beradi. 2021 yil oxiriga qadar terminallar ikkala turdagi kartalarni qabul qilishni boshlashi kutilmoqda.
«UZCARD va HUMO o‘rtasidagi hamkorlik moliyaviy xizmatlarni fuqarolar uchun qulayroq va arzonroq qilish, shuningdek, mamlakatning chekka hududlarida ham aholining moliyaviy savodxonligini rivojlantirish va yaxshilashga yordam beradi.
Bu, o‘z navbatida, kompaniyalarni yangi texnologiyalarni ishlab chiqishga, to‘lov biznesini rivojlantirishga va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga undaydi. Bundan tashqari, bu halol raqobatni rivojlantirishga va moliyaviy texnologiyalar bozorida yangi ishtirokchilarning paydo bo‘lishiga yordam beradi», — deya izoh berdi UZCARD bosh direktori Farrux Ziyayev.
Shuningdek, memorandum doirasida kompaniyalar quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik qilishga kelishib oldilar:
— karta egalari, banklar, to‘lov tashkilotlari va chakana savdo nuqtalarining manfaatlarini himoya qilish;
— naqdsiz to‘lovlarni rag‘batlantirish uchun texnologiyalarni takomillashtirish va infratuzilmani kengaytirish;
— to‘lov infratuzilmasining ishonchliligi va axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi