Foto: Reuters
Bloomberg axborot agentligining xabar berishicha, hakerlar nafaqat chizmalarni o‘g‘irlashgan, balki AQSH kompaniyasiga butlovchi qismlar yetkazib beruvchi Quanta Computer kompaniyasining kompyuter tarmog‘idagi ma’lumotlarni shifrlab qo‘yishgan. Ular ma’lumotlarni deshifrlash uchun 50 mln dollar talab qilishgan.
Hakerlar so‘ralgan pul 1 maygacha to‘lanishini talab qilishmoqda. Ular ayni vaqtda Apple’ning yangi gadjetlari haqidagi maxfiy fayllarni e’lon qilishni davom ettirishmoqda.
Tijorat siri hisoblangan chizmalar Quanta Computer kompyuter tarmog‘i buzib kirilgandan keyin o‘g‘irlangan.
20 aprelda Apple yangi mahsulotlari taqdimotini o‘tkazdi. Kompaniya binafsha rangdagi iPhone 12’ni, iPad Pro planshetlarining yangi avlodini, iMac kompyuterlarini hamda yo‘qotilgan buyumlarni topishda yordam beruvchi AirTags qurilmasini namoyish qildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi