Foto: Sphoon_phork
Twitter’da Konnor Juiss ismli taniqli insayder iOS 15 foydalanuvchilari o‘z iPhone’lari yordamida yegulik iste’mol qilish kundaligini yurita olishini ma’lum qildi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.
Juissning taxminicha, Apple smartfonlari uchun mo‘ljallangan yangi operatsion tizimda «Sog‘liq» (Health) servisining yangilanishi kutilmoqda. Xususan, mobil dasturda kunlik iste’mol qilinadigan kaloriyalar kundaligi paydo bo‘ladi. Foydalanuvchilar o‘zining ovqatlanish tartibini kuzatib boradi hamda maxsus jurnalga iste’mol qilgan mahsulotlari haqida ma’lumotlarni kiritib bora oladi. Tizim mazkur axborotlar va faollik to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida har bir foydalanuvchi uchun avtomatik ravishda kunlik normani belgilab beradi.
Yegulikni nazorat qilish funksiyasiga ega dasturni App Store do‘konidan topish mumkin. iPhone’da ichki dasturni «Sog‘liq» servisiga bog‘lab qo‘yib, umumiy faollik hamda kaloriyalar iste’molini kuzatish mumkin. Mahsulotlar haqidagi ma’lumotlar uning shtrix kodini skanerlash usuli orqali yoki qo‘lga kiritiladi.
Shuningdek, iOS 15’da tungi rejim yangilanishi, iMessage dasturi yaxshilanishi, ogohlantirishlar qayta ishlanishi va foydalanuvchi interfeysi sezilarli o‘zgarishga uchrashi kutilmoqda.
Avvalroq iPhone’lar uchun mo‘ljallangan yangi operatsion tizimda interfaol fijetlar va ekranni muntazam yoniq qoldirish sozlamasi paydo bo‘lishi aytilgandi.
Eslatib o‘tamiz, fevral oyida iOS 14.5 mobil platformaning birinchi beta-versiyasida ko‘plab iPhone foydalanuvchilarining mushkulini oson qiladigan funksiya paydo bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Apple kompaniyasi nihoyat niqob taqqan foydalanuvchi Face ID yordamida smartfonni blokdan chiqara olmayotgani bilan bog‘liq muammoga yechim topgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi