ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi SARS-CoV2 (RBD) ning S oqsilni bog‘lovchi domenga yo‘naltirilgan bo‘lib, RBD oqsilining rekombinant ekspresiyasi orqali odamlarda neytrallashtiruvchi antitanachalarni keltirib chiqaradi va SARS-CoV2 ni ho‘jayin hujayra yuzasida ACE2 retseptori bilan bog‘lanishini bloklaydi va infeksiyaning oldini oladi.
Rekombinant oqsil subbirliklariga asoslangan vaksina kafolatlangan bioxavfsiz virusli nuklein kislotalarning komponentlarini o‘z ichiga olmaydi. Vaksinani yaratishda an’anaviy monomerli RBD bilan taqqoslaganda immunogenlikni sezilarli darajada oshiradigan dimerli RBD noyob patentlangan texnologiyasidan foydalanilgan.
Maxsus antigenni ekspresiya qilish uchun genlarni rekombinatsiya qilish texnologiyasi – ya’ni gepatit V va Ye, papilloma, gerpes bilan bog‘liq va boshqalarga qarshi vatsinalar ishlab chiqarishda ishlatiladigan texnologiyadir.
Ushbu texnologiya sababli boshqa koronavirusli vatsinalardan farqli o‘laroq, ZF-UZ-VAC2001 preparatini odatdagi sovutgich kameralarida qulay tarzda saqlash va tashish mumkin, chunki u o‘ta past harorat sharoitlarini talab qilmaydi. Tavsiya etilgan harorat oralig‘i 2-8°C bo‘lib, ikki yilgacha saqlanishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”