Foto: Depositphotos
Aurus avtomobil motori asosida yaratilgan dvigatelga ega samolyotning birinchi parvozi 2021 yil oxiri yoki 2022 yilning boshida amalga oshiriladi. Bu haqda Aviatsiya motorsozligi markaziy instituti bosh direktori Mixail Gordinga tayanib, Motor xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, APD-500 indeksi ostidagi motor hozirda o‘rnatilishga tayyor: to‘rt o‘rinli yengil Yak-18T’ga mazkur dvigatel o‘rnatiladi. Samolyot to‘laqonli parvozlarni amalga oshirishdan oldin sinovlardan o‘tkaziladi.
Biroq Yak-18T V8 modifikatsiyasi o‘rnatiladigan yagona samolyot bo‘lmaydi. Muhandislar parallel ravishda yengil akrobatik samolyotlar motori ustida ham ish olib bormoqda: bu kabi motorni qish faslida taqdim etish rejalashtirilgan, keyinroq esa mashg‘ulotlarga mo‘ljallangan Yak-52 bazasida sinovdan o‘tkazish boshlanadi.
Gordinning so‘zlariga ko‘ra, sinovlardan keyin APD-500 ni donali yoki seriyali ishlab chiqarish masalasi hal etiladi. Ikkinchi holatda motorni seriyali uchish apparatlariga o‘rnatish mumkin bo‘ladi, biroq ishlab chiqarishni tashkillashtirish uchun 2,5 yilgacha davom etadigan tajriba-konstruktorlik ishlari talab etiladi.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning aprelida Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov anchadan buyon Aurus limuzinidan foydalanib kelayotgan mamlakat prezidenti Vladimir Putin dastlabki vaqtlarda avtomobilning texnik jihatlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berib kelganini ma’lum qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi