date

2 dekabrdan Moskva metrosining barcha yo‘nalishlarida “Wi-Fi” xizmati ishga tushiriladi

2 dekabrdan Moskva metrosining barcha yo‘nalishlarida “Wi-Fi” xizmati ishga tushiriladi

Joriy yilning 2 dekarbdan Moskva metropolitenining barcha yo‘nalishlarida simsiz "Wi-Fi" tarmog‘idan foydalanish mumkin bo‘ladi, deb xabar beradi "Interfaks" agentligi metro matbuot-xizmati ma’lumotlariga tayangan holda.

"Jami uzunligi 325 km dan ziyod bo‘lgan barcha 12 yo‘nalishda Internetga bepul ulanish mumkin bo‘ladi, bunda internetga chiqish nuqtalariga ega bo‘lgan vagonlar soni 5 mingdan ziyodroqni tashkil etadi. Shu tariqa Moskva metropolitenini "Wi-Fi" tarmog‘i bilan ta’minlash loyihasi va’da berilgan muddatidan bir oy oldin ishga tushiriladi ", - deb axborot beradi matbuot-xizmati xodimi.

U, shuningdek, Moskvadagi bu loyihaning analogi dunyoning boshqa hech bir erida yo‘qligini qo‘shimcha qilib o‘tdi.

"Ba’zi shaharlarda metro stansiyalarida Wi-Fi xizmati bor, lekin tunnellarda emas. Moskvada bu xizmatdan faqatgina vagonlar ichida foydalanish mumkin bo‘ladi, stansiya va vestibyullarda tarmoq mavjud emas. Axborotlarni uzatish tezligi har bir poezdga 100 Mbit / sek ni tashkil qiladi ", - deb tushuntirish berib o‘tishdi matbuot-xizmatida.

Foto: Kun.uz
Tekst: Kun.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » 2 dekabrdan Moskva metrosining barcha yo‘nalishlarida “Wi-Fi” xizmati ishga tushiriladi