Telegram messenjeri ilk reklama postini sinovdan o‘tkazdi. 26 oktabr kuni tarmoq asoschisi Pavel Durov endilikda o‘quvchilarga xalaqit bermaydigan ko‘rinishda reklamalar berib borilishini e’lon qilgan edi. 5 noyabrga o‘tar kechasi shunday reklamaning birinchisi paydo bo‘ldi.
Foto:skrinshot
Ilk sinov reklamasi rus tilida yuritiluvchi bir nechta kanallarda paydo bo‘lgan: «Telegram'da reklama postlari sinovdan o‘tkazilmoqda. Bunga nima deysiz?», deb yozildi postda. Birinchi reklama posti Pavel Durovning kanaliga olib borgan. Sinovni muvaffaqiyatli deb hisoblash mumkin — Durovning kanaliga bir soat davomida 17 ming kishi qo‘shilgan.
Reklama postlar o‘zi ham reklama berib pul ishlaydigan va mingtadan ko‘proq o‘quvchiga ega kanallarda joylanadi. Reklama postlar doimiy ko‘rinmaydi va ma’lum vaqtdan keyin o‘chib ketadi. Reklama postida «homiylik qilingan» yozuvi bo‘ladi. Telegram shu tariqa messenjerning iqtisodiy tang ahvolga tushib qolmasligini ta’minlamoqchi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...