
«Nowhereelse.fr» nashri hali taqdim etilmagan Apple planshetiga mo‘ljallangan g‘ilof suratlarini chop etdi va shu tariqa bunday gadjet ustida ish olib borilayotganini bilvosita tasdiqladi, deb yozadi «Rossiyskaya gazeta».
U iPad Air 2 uchun mo‘ljallangan g‘ilofdan ustki va pastki chetlarining ochiqligi bilan farq qiladi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, planshet ekranining diagonali 12,2—12,9 dyuym atrofida bo‘ladi.
Odatda Apple iPad’ning yangi versiyalarini oktyabrda — iPhone taqdimotidan bir oy o‘tgach, namoyish etadi. Biroq «Nowhereelse.fr» ta’kidlashicha, bu yil yangi qurilma mart yoki aprelda taqdim etiladi.
Manba: www.daryo.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar