17:08 / 23.11.2021
2 142

iPhone 12 va 12 Pro’da jiddiy nuqson aniqlandi

iPhone 12 va 12 Pro’da jiddiy nuqson aniqlandi
Foto: Global Look Press/Komsomolskaya Pravda
Qayd etilishicha, ayrim holatlarda qo‘ng‘iroq vaqtida so‘zlashuv dinamigi ishlamasdan qolishi mumkin. Muammoni bartaraf etish uchun so‘zlashuv modulini almashtirishga to‘g‘ri keladi.

Apple kompaniyasi ayrim iPhone 12 va 12 Pro smartfonlarida dinamik nosozligi tufayli ovoz bilan bog‘liq muammolar kelib chiqishi mumkinligini bildirdi.

Qayd etilishicha, ayrim holatlarda qo‘ng‘iroq vaqtida so‘zlashuv dinamigi ishlamasdan qolishi mumkin. Muammoni bartaraf etish uchun so‘zlashuv modulini almashtirishga to‘g‘ri keladi.

2020 yil sentabrdan 2021 yil aprelgacha ishlab chiqarilgan nuqsonli iPhone 12 va 12 Pro smartfonlari sotuvga chiqarilganidan boshlab ikki yil davomida bepul tuzatib berilishi aytilmoqda.

Bu iPhone 12 mini va iPhone 12 Pro Max smartfonlariga taalluqli emas. Bepul ta’mir butun dunyo bo‘ylab amalga oshiriladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » iPhone 12 va 12 Pro’da jiddiy nuqson aniqlandi