21:21 / 21.01.2022
1 033

TikTok pullik obuna xizmatini sinovdan o‘tkazishni boshladi

TikTok pullik obuna xizmatini sinovdan o‘tkazishni boshladi
Foto: Getty Images
Xitoyning ByteDance kompaniyasiga tegishli TikTok mualliflarga o‘z kontentiga obuna bo‘lganlik uchun to‘lov olish imkonini beruvchi yangi servisni sinovdan o‘tkazmoqda. Bu haqda The Information xabar berdi.

Hozirda mazkur ilovada foydalanuvchilar mualliflarga virtual sovg‘a jo‘natishi, mualliflar esa sovg‘alarni haqiqiy pulga almashtirishi imkoniyati mavjud.

Avvalroq Instagram blogerlar guruhi orasida pullik obuna xizmatini sinovdan o‘tkazayotganini ma’lum qilgandi. Yangi servis mualliflarga bevosita translyatsiya va storislarni faqat pul to‘lagan obunachilarga ko‘rsatish imkonini beradi. Instagram 2023 yilgacha mualliflardan bu funksiya uchun komissiya olmaydi.

O‘tgan yili Twitter shunga o‘xshash Super Follows funksiyasini yo‘lga qo‘ygandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » TikTok pullik obuna xizmatini sinovdan o‘tkazishni boshladi