
Foto: «Ferra»
Massachusets texnologiya institutida po‘latdan pishiq, plastik kabi yengil material yaratildi. Olimlar hatto keng ishlab chiqarishni boshlab yuborish haqida gapirishmoqda.
Tadqiqotchilar materialni yaratishda maxsus ikki o‘lchamli polimerlardan foydalanishdi. Boshqa aksariyat polimerlar bir o‘lchamli bo‘lib, keyinchalik uch o‘lchamli ob’ektlarga aylantiriladi.
Ikki o‘lchamli polmerlar qo‘llanilgan o‘ta pishiq va yupqa material 2DPA-1 nomini oldi. U o‘q o‘tkazmaydigan oynaga nisbatan deformatsiyaga to‘rt-olti baravar bardoshli. Yangi materialdan avtomobillar va boshqa transport vositalarining temir qismlarini hamda po‘lat qurilmalarni himoyalashda qo‘llash tavsiya qilinyapti. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar