Fotosurat sifatini qanday qilib karrasiga yaxshilash mumkin?

Fotosurat sifatini qanday qilib karrasiga yaxshilash mumkin?
Foto: «Upscaler»
Neyrotarmoqlar rivojlangan zamonda yomon olingan fotosuratlarni yaxshilash uchun Photoshopdan foydalanishga hojat qolmadi.

Yangi servis — Upscaler sun’iy intellekt yordamida bir necha soniyada tasvirni 4 martagacha kattalashtirib beradi. Neyrotarmoq fotoni sifatini buzmasdan «cho‘za oladi».

Servisdan foydalanish uchun «Upload Image» («Suratni yuklash») belgisi bosilsa kifoya. Bir necha soniyada natijasini chiqarib beradi.

Suratni necha baravar kattalashtirish kerakligini «Increase resolution to» belgisi orqali boshqarasiz. Fotodagi nuqsonlarni yo‘q qilish vazifasi «Enhance Quality» belgisiga yuklangan.

Servis png, jpeg, jpg va webp formatlarini qo‘llaydi, eng muhimi — Upscaler to‘liq bepul va hech qanday cheklovlar yo‘q. Foydalaning!
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar