Foto: Rahmonjon Mamadaliyev
Namangan hokimi Shavkat Abdurazzaqov viloyatda yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishga kirishgan turkiyalik investorlarni qabul qildi.
ÜÇ NOKTA kompaniyasi Namanganda 10 million dollarlik investitsion loyihani amalga oshirmoqda. Bu bilan viloyatda yo‘l harakati qoidalarini buzganlikni foto-video qayd etish avtomatlashtirilgan tizimini tatbiq etish uchun amaliy qadamlar tashlandi. Tizim yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, inson omilini cheklash, korrupsiyaning oldini olishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Foto: Rahmonjon Mamadaliyev
Uchrashuv davomida yo‘l harakati xavfsizligi tizimida foydalanish uchun ishlab chiqarilgan «aqlli» radarlarning yangi avlodi namoyish qilindi. Lazer yordamida ishlovchi ushbu qurilmalarga qarshi turli antiradar uskunalar ish bermasligi, tizim esa faqat jazolash emas, balki yo‘llar va chorrahalardagi harakatni tartibga solishi qayd etildi.
Foto: Rahmonjon Mamadaliyev
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 1 fevral kuni prezident huzurida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Namangan shahrida 2021 yili 42 ta avariyada odamlar hayotdan ko‘z yumgani tanqid qilingandi. Shundan so‘ng Namangan viloyat IIB boshlig‘i ishdan olindi va o‘rniga yangi rahbar tayinlandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Sirdaryoda YTH sodir etgan haydovchidan pul olgan YPX xodimi qamaldi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?