1 262
«Clearview AI» kompaniyasi hammani kuzatmoqchi: ularning orasida siz ham bo‘lishingiz mumkin...
Foto: «The New York Times»
Yuzni tanish tizimi bilan shug‘ullanuvchi «Clearview AI» (AQSH) kompaniyasi o‘z sarmoyadorlariga bir yil ichida bazasidagi insonlarning yuzlari aks ettirilgan fotolar soni 100 milliardga yetishini ma’lum qildi. Shu tariqa «dunyodagi har bir shaxsni aniqlash mumkin», deb yozdi «The Washington Post».
Qo‘pol hisoblanganda, Yerdagi har bir odamga 14 tadan fotosurat to‘g‘ri keladi. Ana shu suratlarni «Clearview AI» dunyodagi huquq va hukumat organlariga kuzatish maqsadlarida taqdim etmoqchi. Albatta, tekinga emas.
Ko‘pchiligimiz tinmay internet orqali ulashayotgan o‘zimiz va yaqinlarimizning fotolari kimlargadir tayyor xo‘rak. Masalan, «Clearview AI» fotolarni asosan ijtimoiy tarmoqlar va veb-saytlardan olib to‘playdi. Hech qanday ruxsatsiz!
«Clearview AI»ning tashabbusi, turgan gapki, dunyoning yirik IT-gigantlarini tashvishga solib qo‘ydi. Facebook, Google, Twitter va YouTube zudlik bilan fotolarni beruxsat yig‘ishni bas qilishni, to‘plangan foto-kontentni o‘chirib tashlashni talab qilishdi. «Clearview AI» o‘z faoliyati qonuniyligini AQSH konstitutsiyasiga kiritilgan Birinchi tuzatishga asoslanib himoya qilmoqda.
Aytilishicha, kompaniya ustidan sudga shikoyatlar ko‘paygan: masalan, Kaliforniya, Illinoys, Nyu-York, Vermont va Virjiniya shtatlarida. Nyu-Jersi bosh prokurori politsiyaga «Clearview AI» texnologiyasidan foydalanishni man qildi.
Shvetsiyada shu texnologiyadan foydalangan politsiya boshqarmasi o‘tgan yili jarimaga tortilgandi.
Qolaversa, kompaniya Kanada, Shvetsiya va Buyuk Britaniyada jamoaviy, Fransiya, Gretsiya, Italiya va Buyuk Britaniyada jamoatchilik da’volariga uchradi. Biroq hammayoqda ham demokratiya emas.
Ta’kidlanishicha, kompaniya faoliyat boshlaganidan buyon mijozlari safi anchagina kengaygan — AQSHning huquqni muhofaza qilish organlari, Milliy xavfsizlik vazirligi, FQB va Pentagon. Bular bilganlarimiz... “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Boku shahriga bordi
O‘zbekistonlik MMAchilar jahon chempionatida birinchi o‘rinni egallashdi
Olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan toshkentlik o‘qituvchi 1 milliard so‘m mukofot puli oldi
AQSH Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
Turkiya klubi sobiq prezidenti hakamga hujum qilgani uchun qamoq jazosiga hukm qilindi