Foto: Bloomberg
Apple kompaniyasi mamlakatning Ukrainaga bostirib kirishi ortidan Rossiyada iPhone va uning boshqa yuqori baholangan texnologik mahsulotlarini sotishni to‘xtatdi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Apple RT News va Sputnik News ilovalarini Rossiyadan tashqaridagi App Store do‘konlaridan olib tashlaydi
- Biz Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan qattiq xavotirdamiz va gumanitar sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlaymiz, — deyiladi Apple bayonotida.
Bu kabi voqea Apple kompaniyasida birinchi marta sodir bo‘lmayapti. O‘tgan yili iqtisodiy inqiroz va valyuta kursidagi o‘zgarishlar tufayli Turkiyadagi sotuvlar qisqa muddatga to‘xtatilgan edi. Ammo bu dunyodagi eng qimmat kompaniya tomonidan kamdan-kam uchraydigan qadam bo‘lib, taxminan 145 million kishilik xalqni yanada dunyodan uzib qo‘ymoqda.
Boshqa bir nechta kompaniyalar kabi Apple aksiyalari ham tushib ketdi. Bir kunlik aksiyalar narxi 1,2 foizga pasayib, 163,20 dollarni tashkil qilmoqda.
Kompaniya so‘nggi kunlarda Rossiyada Apple Pay xizmati va boshqa onlayn takliflarini cheklashni boshladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi