12:43 / 19.02.2015
7 112

Rossiyada mobil tarmoq tezligini soniyasiga 450 megabitga etkazishdi

Rossiyada mobil tarmoq tezligini soniyasiga 450 megabitga etkazishdi

18 fevral kuni «Megafon» va Ericsson kompaniyalari soniyasiga 450 Mbit tezlikka ega LTE-Advanced cat.9 uyali tarmog‘i ishlashini namoyish etdi, deya xabar bermoqda «Gazeta.ru».

LTE-Advanced cat.9 standartining asosiy o‘ziga xos jihati unda 20 MGs kenglikdagi biryo‘la uchta polosadan foydalanish imkoniyati borligidir. Aloqaning bunday yuqori tezligiga aynan shu tufayli erishiladi.

Rossiyada bunday tarmoqlarning qachon to‘liq ishga tushirilishi ma’lum qilinmadi.

Mobil LTE-Advanced tarmoqlari orqali erishiladigan tezlik Rossiyadagi kabelli keng polosali internet aloqasining o‘rtacha tezligidan ancha yuqoridir: 2014 yilda u 45 Mbit/soniyaga teng bo‘lgan.

Manba: www.daryo.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Rossiyada mobil tarmoq tezligini soniyasiga 450 megabitga etkazishdi