21:53 / 14.04.2022
854

1 sentabrga qadar yuqori quvvatli Ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazi ishga tushiriladi

1 sentabrga qadar yuqori quvvatli Ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazi ishga tushiriladi
Shavkat Mirziyoyev 14 aprel kuni o‘tkazilgan IT sohasiga doir yig‘ilishda telekommunikatsiya tarmog‘ini kengaytirish yo‘nalishida ham qator vazifalarni belgilab berdi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar qildi.

Qayd etilishicha, yil yakuniga qadar:
- 6 ming 800 ta yangi mobil stansiyani o‘rnatish va 80 ta olis qishloqni aloqa tizimiga ulash (yana 38 ta qishloq 2023 yilda ulanadi);
- qo‘shimcha 800 ming xonadonni yuqori tezlikdagi internetga ulash;
- respublika bo‘yicha optik tolali aloqa qamrovini 80 foizga yetkazish;
- 60 foiz magistral yo‘llarni mobil internet bilan ta’minlash topshirilgan.

«Eng muhimi, 1 sentabrga qadar Toshkent viloyatida respublikada ilk bor yuqori quvvatli Ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazi ishga tushiriladi», — deyiladi xabarda.

Shuningdek:
- birinchi yarim yillikda 100 million, yil yakunigacha 300 million dollar investitsiyani o‘zlashtirish;
- ikki oy muddatda Abu-Dabi fondi bilan «O‘zbekiston pochtasi»ni transformatsiya qilish rejasini ishlab chiqib, kiritish vazifasi qo‘yildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » 1 sentabrga qadar yuqori quvvatli Ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazi ishga tushiriladi