16:20 / 08.05.2022
1 230

Kimlarga pishloq yeyish mumkin emas?

Kimlarga pishloq yeyish mumkin emas?
Shifokor-parhezshunos, tibbiyot fanlari doktori Margarita Korolyova “Moskva 24” kanaliga qaysi kasalliklarda pishloq iste’mol qilmaslik kerakligini ma’lum qildi.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, yuqori qon bosimida ko‘p pishloq yeyish qat’iyan man etiladi.

Pishloq tarkibida tuz ko‘p. Bu har doim suyuqlikni ushlab turish, qon aylanmasi hajmining oshishi degani. Va bu qon tomir devorining holatiga va qon bosimi darajasiga ta’sir qiladi”, - deydi Korolyova.

Bundan tashqari, buyrak kasalliklarida pishloq bilan ehtiyot bo‘lish kerak. Parhezshunosning ta’kidlashicha, pishloqning suyuqlikni tanada ushlab turishi siydik tizimida muammolarga olib keladi.

Ba’zida migrenga chalingan odamlar uchun pishloq butkul man etiladi. Pishloqda ushbu kasallikni keltirib chiqaruvchi gistaminga o‘xshash komponentlar bo‘lishi mumkin”, - qo‘shimcha qiladi shifokor.

Mutaxassisning ta’qidlashicha, pishloq iste’mol qilishga qarshi bo‘lmagan holatlarda ham uni har kuni iste’mol qilish mumkin emas. Tavsiyalarga ko‘ra, bir haftada 3-4 marotaba pishloq iste’mol qilish me’yor hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Kimlarga pishloq yeyish mumkin emas?