Foto: «Noviy ochag»
Belda og‘riq paydo bo‘lganda, odatdagidek og‘riq qoldiruvchi dori vositalari bilan muammoni bartaraf etishga harakat qilamiz. Biroq og‘riqning sababini aniqlash hamda uni bir marta va butunlay hal qilish muhimroqdir, deb yozadi «Noviy ochag».
Yelka kuraklarida og‘riq paydo bo‘ladimi?
Buning sababi:
- noqulay holatda o‘qish: aylanma kresloda o‘tirish yoki qorin bilan yotish;
- stul suyanchig‘iga bel bilan suyanmasdan kompyuterda ishlash;
- monitorning juda past o‘rnashuvi.
Nima qilish kerak?
Bir soatgda kamida bir marta turib, cho‘zilib, oldinga va orqaga egilib, qo‘llarni yuqoriga cho‘zib, bosh muloyimlik bilan aylantiriladi. Shuningdek, libos tanlayotganda o‘lchami mos va matosi tabiiy paxta bo‘lishi kerak. Aks holda, noqulay liboslar asta-sekin shu kabi muammolarni keltirib chiqaradi.
Belning orqa qismida og‘riq paydo bo‘ladimi?
Buning sababi:
- og‘ir narsa ko‘tarish;
- qattiq yiqilish;
- keskin egilish yoki harakat qilish;
- yumshoq to‘shakda uxlash.
Ko‘pincha belda og‘riq shikastlanganda kuzatiladi, ya’ni noto‘g‘ri harakat yoki ortiqcha yuk bilan bog‘liq. Agar shunday bo‘lsa, faqat bir necha kun dam olib, og‘riq qo‘zg‘atuvchi harakatlarni qilmaslik lozim.
Nima qilish kerak?
Ideal holda, boshlab olish uchun hovuzga yoki yogaga borish tavsiya etiladi. Yumshoq matraslar — bu alohida muammodir va buni faqat uning qattiqrog‘iga o‘zgartirish orqali hal qilish mumkin.
Og‘riq dumg‘azada paydo bo‘ladimi?
Buning sababi:
- bir yelkada og‘ir yuk ko‘tarish;
- juda baland poshnali poyabzal kiyish;
- tagligi to‘liq tekis poyabzal kiyish;
- hayz kunining yaqinligi;
- homiladorlik.
Nima qilish kerak?
Ehtimol, oxirgi masalalarning yechimi oson bo‘lmaydi. Poshnali tuflilarning esa balandligi 5-6 santimetr bo‘lishi kerakligini unutmaslik lozim. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar