07:00 / 29.05.2022
2 247

Gormonal buzilishning qanday oldini olish mumkin?

Gormonal buzilishning qanday oldini olish mumkin?
Shifokor-parhezshunos, endokrinolog Anna Konovalova gormonal muvozanatni saqlash bo‘yicha tavsiyalar berdi. Bu haqida RIA Novosti xabar qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hech qaysi mahsulot o‘z-o‘zidan organizmdagi gormonlar holatiga ta’sir qilmaydi. Endokrin tizimining to‘g‘ri faoliyati ovqatlanish tizimi bilan uzviy bog‘liq.

Ko‘p miqdorda shakar, yog‘lar, yuqori darajada qayta ishlangan mahsulotlarni tez-tez iste’mol qilish ortiqcha energiya iste’moliga va vazn ortishiga olib kelishi mumkin. Ortiqcha vazn va semirish uglevod va yog‘ almashinuvi buzilishiga va 2-toifa qandli diabet rivojlanishiga sabab bo‘ladi”, - deydi ekspert.

Konovalovaning aytishicha, yetarli darajada ovqatlanmaslik ham gormonal holatga salbiy ta’sir qilmasdan qolmaydi.
Vazn yetishmasligi bilan endokrin va asab tizimlarining funksiyalarini bajaradigan gipotalamo-gipofizar o‘qining buzilishi rivojlanadi. Bu amenoreya, reproduktiv muammolar (bepushtlik), suyak mineral zichligining pasayishi (osteoporoz) ga olib kelishi mumkin. O‘ta og‘ir vaziyatlarda qalqonsimon bez va buyrak usti bezlari faoliyati buzilishi mumkin”, - deydi endokrinolog.

Gormonal muvozanatni yaxshi saqlash uchun:
1. Kunlik umumiy ratsiondan shakar iste’molini 5-10 % gacha tushirish.
2. Yog‘lar miqdorini kamaytirish. Yog‘lar ratsionning sutkalik kaloriyaligi 30% oshmasligi kerak. To‘yingan (qattiq) yog‘lar ( yog‘li go‘sht, sut -qandolat mahsulotlari, palma va kokos yog‘lari)- 10 % gacha.
3. Qayta ishlangan har qanday oziq-ovqat mahsuloti iste’molini kamaytirish.
4. Spirtli ichimliklardan voz kechish.
5. Kuniga 500 grammdan kam bo‘lmagan miqdorda meva va sabzavot iste’mol qilish.
6. Don mahsulotlarini iste’molini ko‘paytirish. Kunlik ratsiondan 50% dan kam bo‘lmasligi kerak.
7. Turli, oqsilga boy mahsulotlar (parranda, baliq va qoramol go‘shtlari, tuxum, dengiz va dukkakli mahsulotlar) iste’mol qilish.
8. Kam yog‘li sut mahsulotlarini muntazam ichish.

Shifokorning aytishicha, mahsulotlarni faqat ratsional iste’mol qilish bilan gormonal muvozanatni saqlash mumkin. Bunda aniq bir mahsulotni iste’mol qilmaslik yaxshi natija ko‘rsatmaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Gormonal buzilishning qanday oldini olish mumkin?