Shifokor-nutritsiolog Roksanna Eksaniniing Eat This, Not That portaliga ma’lum qilishicha, yurak va jigar kasali bilan og‘rigan bemorlarga qizil go‘sht jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, qizil go‘sht xolesterin miqdorining oshishi, shuningdek, qon bosimi ko‘tarilishiga sabab bo‘lishi, hatto saraton kasaliga olib kelishi mumkin.
“Ba’zi tadqiqotlar qizil go‘shni ko‘p iste’mol qilish diabet kasalligini rivojlantirishi va umr davomiyligini qisqartirishi mumkinligini tasdiqlaydi”, - deydi nutritsiolog.
Mutaxasssilarning ta’kidlashlaricha, qizil go‘sht mahsulotlari-sosiska, xot-dog, bekon va boshqa oziq-ovqatlar tarkibida tuz ko‘pligi sabab qon bosimini oshirishi mumkin
Xolesterin miqdori yuqori bo‘lgan odamlarga ham qizil go‘sht iste’mol qilish tavsiya etilmaydi. Shuningdek, ushbu mahsulotni alfa-gal sindromi ya’ni galaktoza molekulalariga allergik ta’siri bor odamlar ham iste’mol qilmasligi kerak. Parhezshunos Jonatan Valdesning so‘zlariga ko‘ra, go‘sht iste’mol qilgandan so‘ng bunday odamlarda toshmalar, ko‘ngil aynishi, qusish, yurak og‘rig‘i, ich ketishi, yo‘tal, qon bosimining keskin tushib ketishi va lab, ko‘z yoki tomoqning yallig‘lanishiga olib kelishi mumkin.
Va, albatta, yurak, jigar kasalliklarida qizil go‘sht aslo tavsiya etilmaydi. Chunki tarkibida transyog‘lar va oqsillar juda ko‘p. Shuningdek, agar oila a’zolarida to‘g‘ri ichak saratoni kuzatilgan bo‘lsa, qizil ichak iste’mol qilish mumkin emas. Chunki bu kasallikka chalinishga asosan qizil go‘sht sabab bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi