Faqat shifokor tavsiyasi asosida qo‘llaniladigan dorilarni o‘zboshimchalik bilan qabul qiladiganlar oramizda ko‘p uchraydi. Shamollash, yo‘tal, isitma, teridagi yallig‘lanishlar, turli og‘riq va virusli xastaliklarda shunday preparatlardan o‘z-o‘zicha foydalanib, ahvoli og‘irlashgan yoki o‘lim topganlar ham bor, afsuski.
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi boshqarma boshlig‘i Muhabbat Ibragimova antibakterial preparatlarni qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar haqida o‘z tavsiyalarini ma’lum qildi.
— Antibiotiklardan o‘zboshimchalik bilan foydalanish tananing boshqa a’zolari faoliyatini ham izdan chiqaradi, — deydi mutaxassis. — Ayniqsa, jigar va buyrak yetishmovchiligi holatlarida juda og‘ir asoratlarni yuzaga keltirishi mumkin.
Bundan tashqari, ushbu vositalarni noo‘rin qo‘llash oqibatida anafilaktik shok, ya’ni inson hayotiga xavf soluvchi allergik reaksiya yuzaga kelishi xavfi bor.
Gripp, O‘RVI, koronavirus kabi virusli xastaliklarda esa antibiotiklar nafaqat foyda bermaydi, balki aks ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Chunki bu infeksiyalarning sababchisi bakteriya emas, balki virusdir. Shu tufayli antibakterial preparatlar qabul qilgan bemorning ahvoli og‘irlashib, immuniteti kuchsizlanadi.
Shvetsiyalik tadqiqotchilar yaqinda antibiotiklarning yana bir xatarli asoratini ma’lum qildi. Unda keltirilishicha, bunday preparatlarni qabul qilgan insonlarda 5-10 yil ichida kolorektal saratonning rivojlanish xavfi oshadi.
Olimlar olti yil davomida yo‘g‘on va to‘g‘ri ichak saratoni bilan kasallangan 40 ming nafar bemorni alohida kuzatuv ostiga oldi. Tadqiqot davomida ularning o‘tgan 10 yil davomida qancha miqdorda va qaysi antibiotiklardan foydalangani o‘rganildi.
Ma’lum bo‘lishicha, antibiotik qabul qilgan bemorlarda yo‘g‘on ichakda saraton rivojlanish xavfi yuqori.
Aslida belgilangan tegishli ko‘rsatmalarsiz bemorlarga antibiotiklar tavsiya qilinmasligi zarur. Yiringli balg‘am paydo bo‘lishi, qon tahlilidagi o‘zgarishlar, ya’ni leykotsitlar va neytrofillar miqdorining oshishi, yallig‘lanish ko‘rsatkichlarida S-reaktiv oqsilining ko‘payishi shular jumlasidandir.
So‘zimiz yakunida fuqarolarimizdan antibiotiklarni o‘zboshimchalik bilan qo‘llab, hayotini xavf ostida qoldirmasliklarini so‘raymiz! “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas