
Shifokor-nevrolog, professor Derya Uludbyuzning aytishicha, ovqatlanish ham xotiraga ta'sir qilishi mumkin. Mutaxassisning soʻzlariga koʻra, ma'lumotlarni tez-tez unutib qoʻyayotgan insonlar tezpishar ovqatlar, ya'ni fastfuddan voz kechganlari ma'qul. Chunki ular nafaqat yurak, balki bosh miya tomirlariga ham zarar etkazishlari mumkin.
“Miya ovqatdan 3% kaloriya qabul qiladi. Aslida, iste'mol qiladigan har bir mahsulot miya faoliyati, xotiraga ta'sir qiladi”, - deydi u.
Miya faoliyatiga tarkibida "omega-6"ga toʻyingan kislotali oʻsimlik yogʻlari ham ta'sir qiladi. Shuningdek, energetik ichimliklardan ham voz kechish kerak, chunki ular Altsgeymer kasalligini keltirib chiqarishi mumkin. Shuningdek, insulin koʻpayishi ham esda saqlab qolishni qiyinlashtiradi.
Xotira uchun, xususan, oq non, makaron, kartoshka va guruch kabi glikemik indeksi yuqori boʻlgan mahsulotlar ham salbiy ta'sir koʻrsatadi. Chunki ular qonda shakar miqdorini oshiradi. Sun'iy shirinlashtiruvchi mahsulotlar qoʻshilgan oziq-ovqatlar ham xotiraga ta'sir qilmay qolmaydi.
Qovurilgan ovqatlar, alkogol ichimliklarni ham iste'mol qilmagan ma'qul. Bundan tashqari, har kuni iste'mol qilinadigan pechene, margarin, pishiriq, qaymoq, shokolad batonchiklari, kartoshka chipsilari ham eslab qolish qobiliyatini sustlashtiradi. Chunki ularda transyogʻlar - toʻyinmagan yogʻli kislotalar mavjud. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar