Miyani himoya qilish uchun bu mahsulotlardan ehtiyot bo‘ling

Salomatlik1 daqiqa o'qish141
Miyani himoya qilish uchun bu mahsulotlardan ehtiyot bo‘ling
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Nevrolog Galina Chudinskaya xotira va kognitiv funksiyalarni zaiflashtiruvchi oziq-ovqat mahsulotlari haqida ma'lumot berdi.
  • Uning so'zlariga ko'ra, shakarli ichimliklar, konfetlar, oq undan tayyorlangan pishiriqlar, tez tayyorlanadigan taomlar, kolbasa, qayta ishlangan go'sht mahsulotlari va spirtli ichimliklarning ortiqcha iste'moli miya faoliyati uchun eng katta xavflardan biridir.

Nevrolog Galina Chudinskaya miya salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi oziq-ovqatlar haqida gapirib, qaysi mahsulotlar xotira va kognitiv funksiyalarni zaiflashtirishi mumkinligini tushuntirdi. Bu haqda u Lenta.ru nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, xotira va fikrlash qobiliyatiga alohida bir mahsulot emas, balki insonning umumiy ovqatlanish tarzi ta’sir ko‘rsatadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, shakarli ichimliklar, konfetlar, oq undan tayyorlangan pishiriqlar, tez tayyorlanadigan taomlar, kolbasa va boshqa qayta ishlangan go‘sht mahsulotlari, shuningdek, spirtli ichimliklarning ortiqcha iste’moli miya faoliyati uchun eng katta xavflardan biri hisoblanadi.

Shifokorning aytishicha, bunday mahsulotlar tarkibida shakar, tuz, to‘yingan va trans yog‘lar ko‘p bo‘ladi. Biroq ularda organizm uchun muhim bo‘lgan tola, vitaminlar va omega-3 yog‘ kislotalari yetarli emas. Natijada miya zarur oziq moddalar bilan kam ta’minlanadi hamda yallig‘lanish jarayonlari va qon tomir kasalliklaridan himoyasi pasayadi.

Galina Chudinskayaning ta’kidlashicha, ayniqsa shakar va tez hazm bo‘ladigan uglevodlarni ortiqcha iste’mol qilish qonda glyukoza va insulin miqdorining keskin oshishiga sabab bo‘ladi. Bu esa vaqt o‘tishi bilan surunkali yallig‘lanish, ortiqcha vazn va moddalar almashinuvi bilan bog‘liq kasalliklar rivojlanish xavfini oshiradi. Bunday o‘zgarishlar qon tomirlar holatini yomonlashtirib, miyaning oziqlanishiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Nevrologning so‘zlariga ko‘ra, bu jarayonlar diqqatni jamlash, tez fikrlash va yangi ma’lumotlarni eslab qolish qobiliyatining pasayishiga olib kelishi mumkin. Shu bois mutaxassislar muvozanatli ovqatlanishga amal qilish va zararli mahsulotlar iste’molini cheklashni tavsiya etadi.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?