06:32 / 25.07.2022
2 051

30 yoshdan keyin iste’mol qilish tavsiya etilmaydigan mahsulotlar

30 yoshdan keyin iste’mol qilish tavsiya etilmaydigan mahsulotlar
Foto: «Noviy ochag»
Zararli ovqat har qanday yoshda ham zararli. Ammo 30 yoshdan keyin organizmdagi metabolik jarayonlar keskin sekinlasha boshlaganda, ovqatlanish sifatiga alohida e’tibor qaratish lozim. Agar uzoq vaqt yosh va sog‘lom bo‘lishni istasangiz, quyidagi mahsulotlarni ratsiondan chiqarish tavsiya etiladi, deb yozadi «Noviy ochag».

Qo‘shimchalarga boy yogurt

Yogurt, barcha fermentlangan sut mahsulotlari kabi, albatta foydalidir. Uning xushbo‘y versiyalari haqida nima deyish mumkin? Plastmassa idishdagi mevali yogurtning atigi bir porsiyasida taxminan 47 gramm shakar bor. Bu kun davomida iste’mol qilish kerak bo‘lgandan taxminan bir yarim baravar ko‘p.

Soya

Ko‘pchilik soyani go‘shtning ekvivalenti deb hisoblaydi. Ma’lumki, soya mahsulotlarini doimiy iste’mol qilish organizmdagi yallig‘lanish jarayonlarining rivojlanishiga va qalqonsimon bez faoliyatining buzilishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, soyada fitoestrogenlar mavjud. Hech qachon gormonlar bilan bog‘liq muammolar bo‘lmagan bo‘lsa ham, organizmda o‘zgarishlar yuzaga kelishi mumkin.

Oq non

Qanchalar mazali ham sevimli bo‘lmasin, lekin bu mahsulotdan ham voz kechish kerak. Yuqori sifatli unda tez uglevodlar mavjud bo‘lib, ular qonda shakar miqdorining keskin ko‘tarilishiga va vazn ortishiga olib keladi. Bunday mahsulotning ozuqaviy qiymati juda kichik, shuning uchun uni ratsiondan chiqarib tashlash faqatgina foydalidir.

Qadoqdagi sharbatlar

Qadoqdagi sharbatlarni ishlab chiqarish bir qancha jarayonni o‘z ichiga oladi. Unga issiqlik bilan ishlov berilgach, ko‘plab foydali vitamin va minerallarni yo‘qotadi. Bundan tashqari, ishlab chiqaruvchilar tayyor mahsulotga mutlaqo aql bovar qilmaydigan miqdorda shakar qo‘shib, uning barcha mumkin bo‘lgan afzalliklarini yo‘qqa chiqaradi.

Tayyor pishiriqlar

30 yoshdan so‘ng prinsipial jihatdan, pishiriqlarga o‘rganmaslik kerak. Agar chindan ham ularni iste’mol qilish istagi kuchli bo‘lsa, uy sharoitida tabiiy mahsulotlar yordamida pishirilganini tanovul qilish mumkin. Ammo do‘konlarda sotiladigan pishiriqlarni tayyorlashda bir necha kun yumshoqligini hamda mazasini yo‘qotmasligi uchun qo‘shimcha zararli mahsulotlardan foydalaniladi.

Popkorn

Barcha sevib iste’mol qiladigan gazak. Ammo bitta muammo bor — ko‘pincha bu turdagi yarim tayyor mahsulotlarga qo‘shiladigan transyog‘lari muammoning asosiy sababidir. Ushbu moddalar miyaning ishiga salbiy ta’sir qiladi, hujayralar o‘limiga va yallig‘lanish o‘choqlarining paydo bo‘lishiga olib keladi. Bundan tashqari, soxta yog‘ tarkibida xavfli kanserogen — diatsetil bo‘lishi mumkin, bu esa saraton xavfini oshiradi.

Ferma xo‘jaligidagi baliqlar

Afsuski, do‘konlarda sotiladigan baliqlarning 70 foizi sun’iy ravishda yetishtiriladi. Agar uning ishlab chiqaruvchisi yuqori sifatli nazoratga ega yirik baliq fermasi bo‘lmasa, mahsulotlar sog‘liq uchun xavfli bo‘lishi mumkin. Ko‘pgina mahalliy baliq ovlash korxonalari, xususan, Osiyoda antibiotik va sifati shubhali ozuqalardan foydalanadi. Ba’zi fermerlar esa hatto filega sotiladigan ko‘rinish berish uchun uni sun’iy ravishda bo‘yaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » 30 yoshdan keyin iste’mol qilish tavsiya etilmaydigan mahsulotlar