14:56 / 27.07.2022
1 607

Chaqaloqlarda tish chiqayotganda burun oqishi me’yormi yoki kasallik alomati?

Chaqaloqlarda tish chiqayotganda burun oqishi me’yormi yoki kasallik alomati?
Foto: Wday
Chaqaloqning tishlari chiqa boshlaganda, uning holatida o‘zgarishlar kuzatiladi. Milklari qichiydi va og‘riydi, shuning uchun bola injiq bo‘lib qoladi. Faqat og‘riq qoldiruvchi vositalar bolani tinchlantirishga yordam beradi. Ammo bu jarayonning yagona belgisi emas. Tumov ham tishlar tufayli yuzaga kelishi mumkinmi? Yoki bu O‘RVIning alomatimi? Wday nashri ushbu savolga javob berdi.

Tish chiqishida tumov kuzatilishi mumkinmi?
Dastlabki tishlar chiqishidagi belgilarni O‘RVI alomatlari bilan adashtirib yubormaslik juda muhimdir. Tish chiqishida bolaning immuniteti pasayadi, uning fonida burun oqishi, yo‘tal, isitma yoki ichaklar buzilishi boshlanishi mumkin. Bunday vaqtda bolaning sog‘lig‘iga jiddiy e’tibor berish lozim.

Tumov me’yoriy bo‘lganda kuzatiladigan alomatlar:
  • burundan oqadigan ajralmaning ko‘payishi;
  • burun tiqilmasligi;
  • burun oqishi kuchli emas va uch kun ichida o‘tib ketishi;
  • ajralmaning shilliq va shaffofligi.

Yuqoridagi belgilar tish chiqishi jarayonida anatomik jihatdan burun shilliq qavati bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan milklarning qon aylanishi faollashgani sababli paydo bo‘ladi. Bu bezlarning faol ishiga va shilimshiq sekretsiyasiga olib keladi.

Ammo har doim ham tumov bu jarayon bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin emas. Odatda, bolada milk og‘rig‘idan tashqari hech qanday alomatlar bo‘lmasligi kerak.

Agar burun oqishi kuchli bo‘lsa, burun tiqilishi kuzatiladi va ajralma yashil yoki oq rangga aylanadi, bunday vaqtda, albatta, shifokorga ko‘rinish kerak. Bu tish chiqishi alomati emas, balki O‘RVI bo‘lishi mumkin.

Agar tumov bo‘lsa, nima qilish kerak?
Ko‘pincha, hech narsa qilish talab etilmaydi. Tumov 3-4 kun ichida o‘tib ketadi. Ammo ajralma shunchalik ko‘p bo‘lishi mumkinki, bu bolaning nafas olishiga to‘sqinlik qiladi. Bunday holda quyidagilarni amalga oshirish mumkin:
  • Burun yuviladi va shilliq qavat namlanadi. Burun bo‘shlig‘i tozalanadi. Burunni sho‘r suv, dengiz yoki oddiy suv bilan chayish va har qanday burun tomchilaridan foydalanish mumkin.
  • Ajralmani pipetka yoki aspirator bilan olib tashlash tavsiya etiladi.

Agar tumov 6 kunda ham o‘tib ketmasa, u holda pediatr bilan bog‘lanish kerak. Tomchi vositalari bu muddatdan ko‘proq vaqt davomida ishlatilmasligi kerak.

Bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda tumov ko‘pincha tishlarning chiqishi bilan bog‘liq. Ammo bu doim ham tishlar chiqishida kuzatilmaydi, ayniqsa, tana harorati ko‘tarilsa va yo‘tal paydo bo‘lsa. Bunday holda O‘RVI alomatlaridan gumon qilish mumkin, chunki immunitetning pasayishi fonida bola osongina infeksiya yuqtirib oladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Chaqaloqlarda tish chiqayotganda burun oqishi me’yormi yoki kasallik alomati?