
Shifokorlar buyraklar salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi mahsulotlarni ma’lum qilishdi.
Salomatlikni asrash uchun kunlik ratsionga e’tiborli bo‘lish juda zarur. Bu holatda ratsiondan bir qancha mahsulotlarni chiqarib tashlash ham kerak, deydi shifokorlar.
Birinchidan, buyrak salomatligi uchun tuzni kamroq iste’mol qilish kerak. Uni foydali ziravorlarga almashtirgan ma’qul.
Shuningdek, sut ham faqat me’yorda iste’mol qilinsagina foydali. Mahsulot tarkibidagi fosfor buyraklarga jiddiy ta’sir qiladi.
Banan va apelsin kaliyga boy. Agar bu mikroelementlar ham ko‘payib ketsa, buyrakka ta’sir qilmay qolmaydi.
Shuningdek, qizil go‘sht. Hayvon oqsillarining hazm bo‘lishi qiyin. Shuning uchun buyraklar ular uchun ko‘p energiya sarflaydi. Qizil go‘shtni me’yordan ko‘p iste’mol qilish dializ (buyrak kasalliklari)ga olib keladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar